Mask Uchinchi Jahon urushi boshlanishidan qo‘rqib, Twitter‘ni sotib olishni ortga surgan
Milliarderning bank xodimi bilan yozishmasi ochiqlandi.

Ilon Mask may oyida jahon urushi boshlanishidan xavfsirab Twitter‘ni sotib olishni bir necha kun ortga surgan. Bu haqda Business Insider portali xabar berdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Delaver shtatidagi sudda Twitter vakili biznesmenning Morgan Stanley banki xodimi bilan 8 may kungi yozishmasi mazmunini ochiqlagan.
“Bir necha kun ortga surib turish kerak. Putinning ertangi nutqi mazmuni o‘ta muhim. Agar uchinchi jahon urushi boshlansa, Twitter‘ni sotib olishdan maʼno yo‘q”, – deb qayd etgan Mask.
Bundan oldin qator nashrlarda Putin 9 may kuni Rossiyada ommaviy safarbarlik eʼlon qilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







