Bayden ittifoqchilar bilan Ukrainaga harbiy yordam masalasida kelishib olmoqchi
Oq uy harbiy mojaro burilish pallasiga kirgan deb hisoblamoqda.

Jozef Bayden bugun AQSH ittifoqchilari bilan Ukrainaga yordam masalasida muloqot o‘tkazadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Muloqot videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi. Unda “katta yettilik”, shuningdek, NATO va Yevroittifoqqa aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Agentlik bilan suhbatlashgan manbalardan biri Bayden qurolli mojaroning boshlang‘ich davrida videokonferensiya usulida muzokaralar o‘tkazganini va inqiroz hozirda burilish pallasiga kirganini inobatga olib yana ushbu formatga qaytganini taʼkidlagan.
Tomonlar Ukrainaga harbiy yordam hajmini oshirish masalasini muhokama qiladi.
Avvalroq Bayden Zelenskiy bilan telefon muloqotini o‘tkazgandi.







