Britaniya aholisi Yelizaveta II uchun duo qilmoqda
Qirolichaning salomatligi og‘irlashgan va hozirda u shifokorlar nazoratida.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning sog‘ligi yomonlashishi ortidan Bosh vazir Liz Trass va boshqa siyosatchilar uning sog‘lig‘idan xavotirga tushdi. Bukingem saroyi bayonotida qirolicha shifokorlar nazorati ostida ekanligi aytilgan.
Trass xonim Twitterda “Bukingem saroyidagi tushlik paytidagi xabar butun mamlakatni qattiq tashvishga soladi. Men va barcha britaniyaliklar unga salomatlik tilamoqdamiz”, deb yozdi.
Hozirda qirollik oilasining barcha vakillari Shotladiyadagi Balmoral qasriga yig‘ilishmoqda. Mamalakat aholisi ham ko‘chalarga yig‘ilib Yelizaveta II uchun duo qilmoqda.








