Dunyo liderlari Yelizaveta II ahvolidan xavotirda
Barcha davlatlar Britaniyadagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish qirolicha Yelizaveta II ga salomatlik tilashini va uning oilasi va Buyuk Britaniya xalqi bilan birga ekanini bildirdi.
“Barchamiz Buyuk Britaniyadagi vaziyatni kuzatib boryapmiz”, - dedi Guterrish.
Shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden ham qirolichaning ahvolidan tashvishda ekani haqida Oq uy matbuot kotibi xabar berdi.
“Prezidentga bugun ertalab ma’lumot berildi va u kun davomida Qirollikdagi yangiliklarni kuzatib turdi”, — deyiladi bayonotda.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham monarxga salomatlik tilab xabar yo‘llagan.








