Indoneziya G20 sammitida Putinning xavfsizligini kafolatlashga tayyorligini bildirdi
Sammit noyabr oyida Balida bo‘lib o‘tadi.

Indoneziya G20 sammitida Putinning xavfsizligini taʼminlashga tayyor. Bu haqda Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares maʼlum qildi.
“Bu yil G20 sammitini qabul qilayotgan davlat sifatida biz, albatta, barcha ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlaymiz. Indoneziya ko‘plab xalqaro tadbirlar, jumladan, ACEAN, Sharqiy Osiyo sammiti va boshqalarni qabul qilgan. albatta, biz eng avvalo ishtirok etadigan davlat rahbarlari xavfsizligini kafolatlaymiz”, – degan diplomat.
Maʼlumot o‘rnida: “katta yigirmatalik” davlat rahbarlari sammiti noyabrda Bali orolida bo‘lib o‘tadi. Putinning unda bevosita ishtirok etishi masalasi hamon ochiqlanmagan. Bundan oldin Dmitriy Peskov (RF prezidenti matbuot kotibi) Rossiya rahbari ishtiroki xavfsizlikni taʼminlash masalasiga bog‘liq ekanini aytgandi.
Avvalroq Buyuk Britaniya TIV Putinning G20 sammitida qatnashishiga qarshi chiqqandi.







