Kanadada hindular hududiga hujum uyushtirgan shaxs qo‘lga olindi
4-sentyabr kuni sodir etilgan jinoyat oqibatida 10 kishi halok bo‘lgandi.

Kanada qirollik otliq politsiyasi Saskachevan provinsiyasidagi rezervatsiyaga hujum uyushtirgan shaxslardan birini qo‘lga oldi.
Politsiya axborotiga ko‘ra, Maykl Sanderson Rostern shahri yaqinida ushlangan. 5 sentyabr kuni yana bir Gumonlanuvchi Damiyen Sandersonning jasadi topilgandi.
Maʼlumot o‘rnida: 4-sentyab kuni Saskechevan provinsiyasida hindular rezervatsiyasiga hujum uyushtirildi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan. Jinoyatni sodir etgan shaxslar voqea joyidan qochib ketgandi.
Mahalliy hokimiyat vakillari qotillik bo‘lgan Jeyms Smit hududida 30-sentyabrgacha favqulodda holat eʼlon qilgan.







