Qashqadaryodagi xonadonda zaharli ilon ushlandi
Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Bugun, 8-sentabr kuni Qarshi shahrining “Maxsumobod“ MFY hududidagi xonadonlardan birida zaharli ilon ushlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 9:57 larda Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Q.Z. o‘zi yashaydigan xonadonda zaharli ilonni ko‘rganini va u yosh bolalarga xafv solishidan xavotirlanib, viloyati FVB dispetcherlik xizmatiga murojaat qilgan.
Voqea joyiga zudlikda viloyat FVB qutqaruv otryadi qutqaruvchilari jalb qilinib, ilon xonadon devorining tepa qismi, ya’ni yog‘och bilan devor oralig‘ida ekanligi aniqlangan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida uzunligi taxminan 1,15 sm bo‘lgan zaharli ilon ushlanib, xonadon egalari xavfsizligi ta’minlangan.
Shundan so‘ng ilon ochiq dala maydoniga qo‘yib yuborilgan.








