Qirolicha Yelizaveta vafot etdi
Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilindi.

Bukingem saroyi payshanba kuni Buyuk Britaniyaning eng uzoq hukmronlik qilgan monarxi va nominal davlat rahbari bo‘lgan qirolicha Yelizaveta 96 yoshida vafot etganini xabar qildi.
“Qirolicha bugun tushdan keyin Balmoralda vafot etdi”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.
Qirolichaning vafoti munosabati bilan Bukingem saroyida Britaniya bayrog‘i tushirildi. Mamlakatda 12 kunlik motam e’lon qilindi.
Qirol va qirolicha bugun kechqurun Balmoralda qoladi va ertaga Londonga qaytadi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li, 73 yoshli Charlz avtomatik ravishda Buyuk Britaniya qiroli va boshqa 14 davlat, jumladan Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyaning davlat rahbari bo‘ladi.








