Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida zilzila qayd etildi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 497 km janubiy-sharqda ekanligi aytilmoqda.

Bugun, 8-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:20 da Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari 37,12 gradus shimoliy kenglik; 71,39 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 98 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 497 km janubiy-sharqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingandi.







