Toshkentda ayrim ko‘chalar 4 kunga yopiladi
Shaharda 9–11-sentabr kunlari festival o‘tkaziladi.

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari 4 kunga yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 9–11 sentabr kunlari “Tashkent Music Fest–2022” musiqa festivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan 9-sentabr soat 00:00 dan 12-sentabr soat 18:00 gacha bir necha ko‘chalar yopiladi.
Ular:
—Buyuk Turon ko‘chasi Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
—Istiqlol ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasigacha;
—Zarafshon ko‘chasi Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
—Javaharlal Neru ko‘chasi Zarafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








