Britaniya qirolining ilk bayonoti
U onasining o‘limini “oila a’zolari uchun eng qayg‘uli lahza” deb atadi.

Marhum qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich o‘g‘li, 73 yoshli shahzoda Charlz Buyuk Britaniyaning yangi qiroli bo‘ldi. U ilk bayonotida onasining o‘limini “o‘zi va barcha oila a’zolari uchun eng qayg‘uli lahza” deb atadi.
“Biz sevimli onaning vafotidan chuqur qayg‘udamiz. Bilaman, uning o‘limidan butun mamlakat, hududlar va dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz odamlarda chuqur ham qayg‘uda”, dedi yangi monarx.
Charlz qirol bo‘ldi, ammo bu keyinroq o‘tkaziladigan alohida marosimda rasman e’lon qilinadi. Uning rafiqasi 74 yoshli Kamilla qirolning turmush o‘rtog‘i unvonini oladi.
Yangi Britaniya qirolining rasmiy ismi Charlz III, to‘liq ismi Charlz Filipp Artur Jorj bo‘ladi. Bosh vazir Liz Trass allaqachon xalqqa murojaat qilib, qirol uning nomini e’lon qildi. U shuningdek, britaniyaliklarni yangi qirolga yordam berish uchun birlashishga chaqirdi.








