Qoraqalpog‘istonga yuk mashinasi yonib ketdi
U shartnoma asosida tosh ortib ketayotgan bo‘lgan.

Kecha, 8-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tosh ortib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in kelib chiqdi. Holat yuzasidan Respublika Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 23:00 larda A-380 “Gʻuzor–Buxoro–Nukus–Qo‘ng‘irot–Beyneo‘” avtomagistralida 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro A. J. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
101 qisqa raqamiga kelib tushgan chaqiruvga ko‘ra, hodisa joyiga Amudaryo tumani AJBning yong‘in-qutqarish ekipaji yuborilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “S. S.” JSHJga tegishli bo‘lgan avtomobil Nukus shahridagi “Q. R. S.” JSHJga shartnoma asosida yuk (mayda tosh) olib borayotganda yong‘in chiqqan. Hodisa oqibatida tan jarohatini olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.








