Strategik islohotlar agentligi rahbari o‘zgardi
Unga vazir o‘rinbosari direktor etib tayinlandi.

Shuxrat Abdusharifovich Vafayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.
Shuhrat Vafayev yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan investisiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.








