O'zbekiston

Toshkentda bir haftada 10 ming o‘rinli yotoq joy yaratiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘sh turgan tadbirkorlar binosini talabalar turarjoyiga aylantirish bo‘yicha taklif berdi.

Toshkentda bir haftada 10 ming o‘rinli yotoq joy yaratiladi

 

Bugun, 9 sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev, sektor rahbarlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Unda talabalarni turarjoy bilan ta’minlash, ular uchun yotoq o‘rinlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilingan.  

 

Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarining 92 tasida yotoqxona quvvati 35636 o‘rinni tashkil etadi. Bugungi kunda 27354 nafar talabaning yotoq joy bo‘yicha ehtiyoji qondirilgan. 

 

Yig‘ilishda vazirlik mas’ullari tomonidan ko‘rilayotgan bu kabi choralar yetarli emasligi, boshqa imkoniyatlarni ham izlab topish kerakligi ta’kidlanib, qator takliflar o‘rtaga tashlangan.

 

Shundan so‘ng J. Ortiqxo‘jayev poytaxtning Yangihayot tumanida bunyod etilgan "Tashkent indeks" savdo-ishlab chiqarish majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli tadbirkorlar binosini bir hafta muddatda davlat xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar uchun turarjoyga aylantirish taklifini bergan. Mazkur taklif yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan munosib qarshi olingan. 

 

Yig‘ilish so‘ngida oliy ta’lim muassasalari mas’ullariga zudlik bilan mavjud ehtiyoj bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish vazifasi berilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda bir haftada 10 ming o‘rinli yotoq joy yaratiladi | Zamon.uz