Turkiyada o'rmonlar yonmoqda
7 kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Turkiya janubida ikki kundan beri davom etayotgan ommaviy yong‘in tufayli mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda "Associated Press".
Yong‘in chorshanba kuni O‘rta yer dengizi sohilidagi Mersin viloyatida boshlangan.
Tabiiy ofatga qarshi kurashga 29 ta vertolyot, 11 ta samolyot va 850 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
Kamida yetti kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Alanga maydoni tobora kengayib, aholi punktlariga yaqinlashmoqda.







