O'zbekiston

1-oktabrdan islohotlarning natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

1-oktabrdan islohotlarning natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi

 

“Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Farmon bilan Strategik rivojlanish agentligi negizida Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tashkil etildi.

 

Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Agentlik Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosini monitoring qilish asosida ularning to‘laqonli va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi.

 

Agentlik bosh direktori va uning o‘rinbosarlari Prezident tomonidan tayinlanadi. Prezident raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi tashkil etildi.

 

2022-yil 1-oktabrdan soha va tarmoqlarda islohotlarni amalga oshirish, ularni muvofiqlashtirish hamda natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi. Soha va tarmoqlarni isloh qilish jarayonlariga xalqaro moliya institutlari, chet el tashkilotlari va xorijiy mutaxassislarni hamda beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

1-oktabrdan islohotlarning natijadorligini baholash tartibi joriy etiladi | Zamon.uz