Farg‘onada 4 yoshli bola daryoga cho‘kib ketdi
Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 4 yoshli bola suvda cho‘kib halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 21-iyul kuni sodir bo‘lgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi beparvolik oqibatida muassasadan chiqib ketib, daryoga cho‘kib vafot etgan.
Bu bo‘yicha viloyat FVBga hech qanday murojaat kelib tushmagan. Bolaning jasadi qo‘shni qishloqda mahalliy aholi tomonidan olib chiqilgan.








