Namangandagi gaz zapravkada mashina yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahridagi gaz zapravkalardan birida mashina yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa bugun, 10-sentabr kuni soat 17:22 da Yangi Namangan tumani “Mingchinor” MFY Kosonsoy ko‘chasida joylashgan AGTKSH hududida sodir bo‘lgan. Unda “Dashtbog‘” MFYda yashovchi fuqaroga tegishli Labo Damas rusumli avtomobilda yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan va olov o‘chirilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








