Nur-Sulton va Bishkek o‘zaro savdoni yanada rivojlantirishga kelishib oldi
Shu munosabat bilan maxsus memorandum imzolangan.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston savdo jarayonlarini soddalashtirishga kelishib oldi. Ikki davlat o‘rtasida bu bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan.
Tomonlar savdo jarayonlarini soddalashtirish bilan birga biznesga to‘siqlarni olib tashlashga hamda elektron hujjatlarni o‘zaro almashishni rivojlantirishga ham kelishgan.
Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin Qirg‘izistonni Nur-Sultonning eng muhim savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri deb atagan.
“Qozog‘iston statistikasiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2022 yil yanvar-iyun oylarida 495.7 million dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5.7 foizga yuqori. Eksport 303.3 million dollarni, import 192.3 million dollarga yetgan”, – degan vazir.
Avvalroq Qozog‘iston Rossiyani tark etgan kompaniyalarni o‘z hududiga jalb qilmoqchi ekanligi maʼlum bo‘lgandi.







