Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi joniga qasd qildi
Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘quvchi joniga qasd qilgani bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ayni paytda Nishon tumani prokuraturasi hamda viloyat XTB mas’ul xodimlari tomonidan voqea sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.








