Namanganda ko‘chadagi do‘kon yonib ketdi
Hodisa joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan.

Bugun, 11-sentabr kuni Namangan shahrining Usmon Nosir ko‘chasidagi do‘konlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 13:27 larda FVB navbatchilik qismiga Z.M.Bobur bog‘i yonidagi faoliyat olib bormayotgan ko‘chma do‘konda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:31 da yetib borib, 13:35 da olov to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda tergova qadur surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








