Ruminiya prezidenti Yevropani jiddiy inqiroz kutayotganini aytdi
Avvalroq Putin Gʻarb sanksiyalarini “butun dunyo uchun zarba” deb atagandi.

Yevropa qit’asi eng katta inqirozlardan biriga duch kelmoqda. Rumiya Prezidenti NATO va Yevropa Ittifoqining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilangina uni yengib o‘tish mumkinligini aytmoqda.
“Biz yaqin tarixdagi eng yirik gumanitar inqirozlardan biriga duch kelmoqdamiz”, deydi prezident.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng Gʻarb Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Bu esa Yevropa va AQSHda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘ldi.
Avvalroq prezident Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati Gʻarbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini bildirgandi.








