Samarqand SHHT sammitiga tayyor—foto
Sammitda davlat yetakchilari uch yilda ilk bor to‘liq tarkibda yig‘iladi.

Avvаlroq 15-16-sentabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbadagi sammiti o‘tkazilishi xabar qilingandi.

Samarqand sammitida SHHTga a’zo mamlakatlar rahbarlari so‘nggi uch yilda birinchi marta bir joyga to‘planadi va tarixda ilk bor 15 mamlakat rahbari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda Samarqand sammitni o‘tkazish uchun tayyor holatda. Shahar ko‘chalariga SHHT va unga a’zo mamlakatlar bayroqlari, sammitga bag‘ishlangan afishalar o‘rnatilgan.

Sammit arafasida Samarqandda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Xususan, yangi muhtasham va zamonaviy aeroport, Xalqaro turizm markazi qurildi. Markaz hududida jami 10 ta ob’yekt bunyod etildi – 8 ta mehmonxona, Kongress xoll hamda Karvonsaroy kompleksi barpo etildi.


Anjumanga allaqachon xorijiy mehmonlar tashrif buyurishni boshlagan.








