O'zbekiston

Toshkent viloyatida ayolning fotolarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan erkak ushlandi

U ayoldan 10 ming AQSH dollari so‘ragan.

Toshkent viloyatida ayolning fotolarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan erkak ushlandi

 

 

Toshlent viloyatida ayolning foto va videolarini ijtimoiy tarmoqda tarqatib, sharmanda qilmaslik evaziga undan 10 mimg AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 15-avgustdan boshlab noma’lum fuqaro Parkent tumanida yashovchi M.X.ga telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar yozib, agar 10 ming AQSH dollari bermasa, uni giyohvand modda sotuvchi ayol sifatida tasvirlab, foto va videolar tarqatishi, qamatish va oilasini buzib sharmanda qilish bilan tahdid qilib kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv davomida noma’lum fuqaroning shaxsi aniqlangan va tezkor tadbirda u ayoldan talab qilingan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent viloyatida ayolning fotolarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan erkak ushlandi | Zamon.uz