Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish shartini aytdi
Uning fikricha, urushning davom etishi moliyaviy inqirozni kuchaytiradi.

Rossiya muzokaralar olib borishga tayyorligini ko‘rsatishi uchun Moskva bosqinchi maqomini tan olishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yalta Yevropa strategiyasining yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiya hozirgi bosqichda mumkin bo‘lgan muzokaralar uchun diplomatik iroda ko‘rsatmayapti va bosib olingan hududlarni qaytarishga tayyorligini tan olmaydi.
Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, urushning uzaytirilishi ma’lum xavflarni, jumladan, moliyaviy inqirozni kuchaytiradi.







