AQSH Xitoyga chiplar yetkazib berishni cheklamoqchi
Bu bo‘yicha savdo vazirligi kompaniyalarni ogohlantirdi.

AQSH ma’muriyati oktyabr oyida Xitoyga chiplar va sun’iy intellekt vositalari ishlab chiqarish uchun yarimoʻtkazgichlar yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH Savdo vazirligi yarimoʻtkazgichlarni eksport qilish bo‘yicha yangi qoidalarni e’lon qiladi.
Vazirlik kompaniyalarga Xitoy zavodlariga chip ishlab chiqarish uskunasini yuborishni taqiqladi. AQSH rasmiylari Xitoyga chipli mahsulotlarni yetkazib berish uchun litsenziya talablarini joriy etishi mumkin.
Amerikaning bu qarori Xitoydagi ishlab chiqarish hamda eksportga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.








