Jahon

Biz bu urushda AQSHsiz g‘alaba qozona olmaymiz—Zelenskiy

AQSH harbir yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Biz bu urushda AQSHsiz g‘alaba qozona olmaymiz—Zelenskiy

 

Ukraina Rossiya bilan urushda AQSH yordamisiz g‘alaba qozona olmaydi, dedi prezident Vladimir Zelenskiy. 

 

Davlat rahbari, shuningdek, AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi ekanini va  ularsiz o‘z yerlarini qaytarib ololmasligini aytgan.

 

Zelenskiy Respublikachilar partiyasi Ukrainani demokratlarga qaraganda kamroq qo‘llab-quvvatlashlari haqidagi bayonotlarga izoh berdi. U ikkala partiya ham Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga ishonch bildirgan. Noyabr oyida AQSHda Vakillar palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tadi, natijada Kongress quyi palatasida nazorat respublikachilarga o‘tishi kutilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga kelib, Ukrainaga 675 million dollarlik yangi harbiy yordamni e’lon qilgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Biz bu urushda AQSHsiz g‘alaba qozona olmaymiz—Zelenskiy | Zamon.uz