Jahon

BMT: “G‘alla kelishuvi"ga qaramay, ayrim davlatlarda mahsulotlar narxi o‘zgarmagan

Bunga sabab bo‘layotgan omillar ochiqlandi.

BMT: “G‘alla kelishuvi"ga qaramay, ayrim davlatlarda mahsulotlar narxi o‘zgarmagan

 

“G‘alla kelishuvi”ga qaramay, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji narxi pasaymadi. Bu haqda BMT butunjahon oziq-ovqat dasturining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Korin Fleysher maʼlum qildi.

 

“Ukraina portlari ochilishiga sabab bo‘lgan “g‘alla kelishuvi” butun dunyo uchun eng yaxshi xabar bo‘lgandi. Jahon bozorida narxlar pasaydi, ammo, afsuski, milliy valyutalarning kuchsizlanishi ortidan qator davlatlarda oziq-ovqat narxlari deyarli pasaymadi, chunki yetkazib beruvchilarning mahsulot import qilishi uchun dollar zarur”, – degan u Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

 

Fleysherning so‘zlariga ko‘ra, portlarning qamalga olinishi eng ko‘p Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqqa taʼsir o‘tkazdi, chunki ushbu mintaqalar Qora dengizga tutash va g‘alla importiga qaram hisoblanadi. Bu hududdagi hukumatlar aholini qo‘llab-quvvatlash dasturini kengaytira olmayapti. Butunjahon oziq-ovqat dasturi ham butun dunyodagi qashshoqlarga tarqatiladigan taomlar ratsionini qisqartirishga majbur bo‘lgan.

 

Bosh direktor Ukrainadan mahsulot eksporti ko‘payishiga, mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish va narxlar barqarorlashuviga umid bildirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: 22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT g‘alla eksportini tiklash bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuvga erishdi. Istanbulda uning amalga oshirilishi yuzasidan koordinatsion markaz tuzilgan.

 

Avvalroq Erdog‘an Putin bilan oziq-ovqat mahsulotlari eksporti masalasida gaplashib olishini aytgandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BMT: “G‘alla kelishuvi"ga qaramay, ayrim davlatlarda mahsulotlar narxi o‘zgarmagan | Zamon.uz