Chexiya prezidenti: NATO Afg‘onistondagi tarafdorlariga xiyonat qildi
O‘tgan yili alyans kuchlari mamlakatni to‘liq tark etgandi.

NATOning Afg‘onistonni tark etishi fojiali xato bo‘ldi. Bu haqda Chexiya prezidenti Milosh Zeman maʼlum qildi.
U AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ushbu masala yuzasidan fikrlariga qo‘shilmasligini aytgan. Ostin afg‘on xalqining xohish-irodasi tufayli NATO kuchlari olib chiqilganini qayd etgandi.
Ammo Zeman afg‘onlar toliblar g‘alaba qozonishini istaganiga ishonmasligini taʼkidlagan. Uning fikricha, alyans Afg‘onistonni tark etib o‘zining minglab tarafdorlariga xiyonat qildi.
Maʼlumot o‘rnida: AQSH boshchiligidagi G‘arb qo‘shinlari koalitsiyasi 2021 yil 31 avgust kuni Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Shu tariqa ularning mamlakatdagi 20 yillik ishtiroki tugallandi. O‘tgan yilning avgustida “Tolibon” harakati Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini qayta o‘rnatdi.
Avvalroq BMT toliblar davrida iqtisodiy vaziyat yomonlashganini maʼlum qilgandi.







