O'zbekiston

Chiroqchida pora olmagan IIB xodimi pul bilan mukofotlandi

Unga samarqandlik haydovchi tomonidan pora taklif qilingan.

Chiroqchida pora olmagan IIB xodimi pul bilan mukofotlandi

 

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida fuqaro tomonidan taklif etilgan porani olmagan profilaktika inspektori pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

 

Joriy yilning 10-iyun kuni Chiroqchi tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektori Nurbek Oqnazarov tumanning tog‘li hududi bo‘lgan “Langar” MFYda xizmat olib borayotganda Samarqand viloyatiga tegishli “Niva” rusumli avtomashinaga duch keladi. U avtomashinani to‘xtatib, haydovchi bilan muloqotga kirishadi. Mehmon o‘zini B.P. deb tanishtirib, tegishli hujjatlari yo‘qligini aytadi.

 

Avtomashinada bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan bola Chiroqchi tumani Xontepa qishlog‘ida yashovchi R.M. va A.S. ekanligini, ularni qishloq hududida o‘sadigan “Karrak” o‘simligini yig‘ish uchun yollaganini bildiradi.

 

Xodim avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarish va voyaga yetmagan shaxslarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtiradi.

 

Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi fuqaro B.P. profilaktika inspektoriga ishni o‘z foydasiga hal etish evaziga pora taklif qiladi. Katta leytenant unga bu ishi jinoyat ekanligini, agar niyatidan qaytmasa, qonuniy chora ko‘rilishi haqida ogohlantirsada, fuqaro unamaydi.

 

Natijada profilaktika inspektori bu haqda Chiroqchi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B. P. profilaktika inspektori N. Oqnazarovning xizmat xonasida 5,5 mln so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga tushgan.

 

Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro B.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

“O‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashib, korrupsion holatni oldini olgani va fuqarolarda ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlagani uchun katta leytenant Nurbek Oqnazarov boshqarma rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Chiroqchida pora olmagan IIB xodimi pul bilan mukofotlandi | Zamon.uz