Sirdaryo viloyatida yer qimirladi
Zilzila kuchi 5 ta hududda sezilgan.

Bugun, 12-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:32 da Sirdaryo viloyatida 2,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,37 gradus shimoliy kenglik; 68,71 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 108 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Yangiyer shahrida—3 ball, 14 km.
Guliston shahrida—3 ball, 14 km.
Xovos tumanida—3 ball, 16 km.
Boyovut tumanida—2-3 ball, 20 km.
Guliston tumanida—2-3 ball, 23 km.








