Toshkentda Сobalt avtohalokatga uchradi
YHXB hodisa sababi va oqibatini ma’lum qildi.

Bugun, 12-sentabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Avtohalokat soat 09:00 larda Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 1978-yilda tug‘ilgan haydovchi M.R. Cobalt rusumli avtomashinada harakatlanib, sog‘ligi yomonlashgani bois rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shundan so‘ng transport vositasi qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi maydonchadagi daraxt bilan to‘qnashgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.








