O'zbekiston

Toshkentning 2 ta tumanida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

“Hududgaz Poytaxt” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkentning 2 ta tumanida gaz ta’minoti to‘xtatiladi

 

Ertaga, 13-sentabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy va Olmazor tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Olmazor tumani Sag‘bon 4-berk ko‘chasida joylashgan yerosti o‘rta bosimli D-76 mmli hamda past bosimli D-40 mmli yerusti gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 17:30 ga qadar “Hofiz Kuhakiy” mahallasidagi 125 ta hovli xonadonlarda hamda 9 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

 

Shuningdek, Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli D-89 mmli yerusti gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Bahodir ko‘chasidagi 2 ta ko‘p qavatli uydagi 150 ta xonadonlarda hamda 2 ta ulgurji tashkilotlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

 

“Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentning 2 ta tumanida gaz ta’minoti to‘xtatiladi | Zamon.uz