AQSH o‘zi sanksiya kiritgan Lavrovga viza berdi
Rossiya bosh diplomati BMT Bosh assambleyasida ishtirok etishi kutilmoqda.

AQSH Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasining boshqa aʼzolari BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etishi uchun viza berdi. Bu haqda RF tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
“Delegatsiyaning boshqa aʼzolariga ham viza berilishini, shuningdek, logistika masalasining hal etilishini kutmoqdamiz”, – deyiladi vazirlik axborotida.
O‘z navbatida Rossiya prezidentining matbuot kotibi Sergey Peskov Vashington viza taqdim etmay, o‘z majburiyatlarini buzayotganini taʼkidlagan.
“AQSH o‘z majburiyatlarini buzmoqda. Ular Bosh assambleyaga ketayotgan hammaga viza berishi shart”, – degan u.
Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham AQSHni majburiyatlarni bajarmaslikda ayblagandi.







