O'zbekiston

Farg‘onada fonogramma taqiqlandi

Viloyat hokimi bu bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Farg‘onada fonogramma taqiqlandi

 

Farg‘onadagi bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda hokim sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator tashabbus va vazifalarni e’lon qilgan.

 

Xususan, hokim o‘rinbosari Fayzullo Qosimov rahbarligida viloyat bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish, guruh tarkibiga viloyat madaniyat boshqarmasi mas’ullari, teatrlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasasi rektorlari, taniqli san’atkorlar va ijodkorlar kiritilishi ma’lum qilingan. 

 

Ishchi guruh a’zolari har bir viloyat bayram tadbiri uchun yangi g‘oyalar, dasturlar, takliflarni o‘rtaga tashlab, biri boshqasini takrorlamaydigan ssenariylar ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘ladi. 

 

Bundan buyon Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo‘shiqchilar va qo‘shiqlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadigan bo‘ladi. Yangi qo‘shiqlar, yangi ijrolar kerakligiga urg‘u bergan viloyat hokimi “San’atda yoshlar raqobatga chiqsin” degan fikrni bildirgan.

 

Viloyat rahbarining Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlanishi, ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasidagi ko‘rsatmasi san’at ahli tomonidan ma’qullangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada fonogramma taqiqlandi | Zamon.uz