O'zbekiston

“Fransiya kinosi kunlari” doirasida uchta dolzarb film namoyish etiladi

Namoyishlar “Magic cinema” kinoteatrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Fransiya kinosi kunlari” doirasida uchta dolzarb film namoyish etiladi

 

Kinofestivalga Vesul xalqaro Osiyo kinofestivali delegatsiyasi asoschilari Martin Teruan va Jan Mark Teruan, shuningdek, aktyor, ssenariynavis va rejissyor Farid Bentumi “Qizil yer” filmi bilan, taniqli kinorejissyor va fransuz aktyori Lui Garrel – “Bu yangi dunyo” komediyasi bilan tashrif buyuradi.

 

Filmlar namoyishi dasturi o‘ziga xos yorqin bo‘lishi kutilmoqda. Masalan, Farid Betumiy tomonidan suratga olingan “Qizil yer” dramasi “Qizil loy” davrida sodir bo‘lgan real voqealardan ilhomlangan holda suratga olingan. Hikoya otasining kimyo zavodida ishlaydigan Nur ismli yosh hamshira va zavod chiqindilaridan xavotirda bo‘lgan ekolog-jurnalist haqida. Hikoyaning ikkala qahramoni ham birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan atrof-muhitni muhofaza qilish tarafdori bo‘lib, yaqinlari va fabrika ishchilarining salbiy tanqidlari qurboniga aylanishadi. Bu taʼsirchan hikoya bizni ona tabiatimizga zarar yetkazuvchi harakatlar haqida o‘ylashga undaydi.

 

“Bu yangi dunyo” insoniyatni qutqarish haqidagi yana bir film bu gal film qahramonlari yosh aktyorlar jamoasidan tashkil topgan. Ushbu oilaviy komediya fransuz kinorejissyori Lui Garrel tomonidan 2021-yilda suratga olingan. 13 yoshli Abbeyning oilasi oddiy va sokin hayot kechiradi. Toki uyda qimmatbaho buyumlar yo‘qolishi boshlanmagunicha. Ammo o‘g‘ri dunyoni global isishdan qutqarish uchun jamoaga qo‘shilgan o‘g‘li bo‘lib chiqadi. Festival mehmonlari unutilmas tuyg‘ularga sho‘ng‘ishadi.

 

Fransuz kinorejissyorlari Kristof Reylat, Sedrik Gras va Matyo Torder tomoshabinlarni Fedchenko muzliklariga sovuq sarguzashtga chorlaydi. Hujjatli film O‘rta Osiyoning chuchuk suv bilan taʼminlaydigan buyuk Fedchenko muzliklariga, yuzasi har yili qisqarib borayotgan sho‘r ko‘l bo‘lmish Orol dengiziga yetib borish uchun yo‘l olgan ikki fransuz sayohatchisi haqida hikoya qiladi.

 

custom img

Elektrotexnika sanoatiga 2030-yilgacha 3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoatini yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

custom img

Chorvoqda cho‘kib ketgan uchinchi fuqaroning ham jasadi topildi

Shu bilan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.

custom img

Toshkentda sovuq suv ham o'chiriladi: sanalar ma'lum qilindi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

custom img

“Jonli konteyner”: 555 gramm oltin tanaga yashirildi

Hindistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan 5 nafar fuqaroning ichki organlaridan jami 555 gramm quyma oltin va 200 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

custom img

Saida Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi etib tayinlandi.

custom img

Naqd pulda 176 mln so‘mgacha to‘lov qilish mumkin bo‘ladi

Yangi tartib bilan tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilishning amaldagi 25 mln so‘mlik chegarasi sezilarli darajada kengaytiriladi.

custom img

Chorvoqdagi fojia: cho‘kkan uch kishidan ikkinchisining jasadi ham topildi

Hozirda otaning jasadini qidirish ishlari davom ettirilmoqda.

custom img

Alifbo o‘zgaradi: senatorlar qonun loyihasini ma’qulladi

Yangi tartibga ko‘ra, alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf va bitta apostrofdan iborat bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"