Qozog‘iston poytaxti nomi o‘zgarishi mumkin
Poytaxtning nomi shu kungacha 4 marta o‘zgargan.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jeldibay xabar berdi.
Uning aytishicha, parlamentning bir guruh deputatlari Qozog‘iston poytaxtiga Ostona shahrining sobiq nomini qaytarishni taklif qilgan. Deputatlarning bu taklifi aholi bilan uchrashuvlarda, referendum jarayonida fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga asoslangan. Parlament aʼzolarining ushbu taklifi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga Davlat rahbarining roziligi bilan kiritilgan.
Maʼlumot o‘rnida, poytaxtning birinchi nomi Akmolinsk edi. 1961-yilda shahar nomi Selinograd deb o‘zgartirildi. 1992-yildan 1998-yilgacha shahar Oqmola deb atalgan. Keyin 1998-yilda shahar Ostonaga aylandi.Qozog‘iston poytaxti nomi oxirgi marta 2019-yilda Nur-Sultonga aylandi.







