Jahon

Qozog‘istonda poyezd 100 boshdan ortiq qo‘yni urib ketdi

Chorva egasi javobgarlikka tortilgani aytilmoqda.

Qozog‘istonda poyezd 100 boshdan ortiq qo‘yni urib ketdi

 

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida yuk poyezdi 123 bosh qo‘yni urib yubordi.

 

Hodisa kecha, 12-sentabr kuni tungi soat 1 da viloyatning «Jetigen — Kurozek» yo‘lida sodir bo‘lgan. Bu haqda Huquq-tartibot xodimlari xabar berdi.

 

«Yuk poyezdi mashinisti temir yo‘lni kesib o‘tayotgan qo‘ylar suruvini payqab, shoshilinch tormozni bosgan va to‘qnashuvdan qochishga uringan. Lekin buning iloji bo‘lmagan, 530 bosh qo‘ydan 123 boshi nobud bo‘lgan. Poyezdning to‘xtashi 13 daqiqani tashkil qilgan», — degan transport politsiyasi boshqarmasi boshlig‘i.

 

Voqea joyiga Oltinko‘l stansiyasidagi Liney militsiya bo‘limi xodimlari jo‘nab ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jonivorlarning egasi 36 yoshli erkak ekanini aniqlagan.

 

Erkak Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 559-moddasi 1-qismi «Temir yo‘l yo‘lagida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish» bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istonda poyezd 100 boshdan ortiq qo‘yni urib ketdi | Zamon.uz