O'zbekiston

Andijonda maktab direktorlaridan 150 mingdan yig‘ilmoqda

Holatga XTB munosabat bildirdi.

Andijonda maktab direktorlaridan 150 mingdan yig‘ilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan sertifikat uchun 150 ming so‘mdan pul yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar XTB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat XTBning 2022-yil 24-yanvardagi qarorida umumta’lim maktablarining direktor va o‘rinbosarlari malakasini oshirish uchun “Andijan Digital City” texnologik parki va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida imtiyozli va shartnoma asosida o‘quv kurslari tashkil etilishi belgilangan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan audioyozuv Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiriga tegishli ekanligi, audioyozuvda u tomonidan o‘quv kurslarida tahsil olayogan maktab rahbarlariga o‘quv kurslarini yakunlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni olishlari va kurslar uchun belgilangan mablag‘larni to‘lashlari zarur ekanligi ta’kidlangan.

 

Mazkur o‘quv-kurslari pullik ekanligi va belgilangan mablag‘ maktab rahbarlari uchun 3 baravar arzonlashtirilgan ekanligidan maktab direktorlari xabardor bo‘lgan.

 

“Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, maktab direktorlarini imiji va salohiyatlarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar asosida bajarilayotgan amaliy ishlarni noto‘g‘ri talqin etmaslikni so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda maktab direktorlaridan 150 mingdan yig‘ilmoqda | Zamon.uz