Kanadada yana ommaviy hujum
Qurbonlar va yaradorlar borligi aytilmoqda.

Kanadaning Ontario provinsiyasida qurollangan erkak ikki kishini otib o‘ldirdi, shundan so‘ng u politsiya tomonidan yaralanganidan biroz vaqt o'tib, vafot etdi, deya xabar beradi "CBC News".
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi dastlab Mississauga shahrida o‘t ochgan. Natijada bir politsiyachi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohat oldi. Keyinroq gumonlanuvchi Milton shahrida o‘t ochgan, buning oqibatida yana bir kishi halok bo‘lgan va ikki kishi yaralangan.
Xabar qilinishicha, hujum qilgan shaxs avtomobilni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib ketgan. Keyinroq politsiya uni hibsga olish vaqtida yaralanganini va ko‘p o‘tmay vafot etganini aytdi. Hujumchi 30 yoshli Shon Petri ismli erkak bo'lib, otishma sababi hozircha noma'lum.







