O'zbekiston

Kinofestival O‘zbekiston san’ati rivojida munosib iz qoldirishiga ishonaman — Shavkat Mirziyoyev

Prezident xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Kinofestival O‘zbekiston san’ati rivojida munosib iz qoldirishiga ishonaman — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Bugun, 14-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’ln qilindi.

 

“Avvalo, siz, azizlarni – dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mashhur aktyor va rejissyorlar, operator va rassomlar, prodyuserlar hamda kinoshunos olimlar, atoqli madaniyat va san’at arboblarini “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

 

“Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda jahonning 35 davlatidan 300 dan ziyod kino ustalari ishtirok etayotgani yarim asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivali bugun – Yangi O‘zbekiston sharoitida yangicha mazmun va qiyofaga ega bo‘lib, san’at olamida yanada munosib obro‘-e’tibor topib borayotganidan dalolat beradi.

 

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda kino san’atini zamon talablari asosida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyodagi nufuzli kinokompaniyalar bilan aloqalar yo‘lga qo‘yilib, 30 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlikda badiiy filmlar yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Milliy va xorijiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida kinoshaharchalar bunyod etilmoqda. O‘zbekistonda film suratga olishni istagan chet el kompaniyalari uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratilmoqda.

 

Sizlar festival kunlari kino sohasidagi islohotlarimiz bilan tanishib, bu boradagi ishlarimiz samarasini oshirish bo‘yicha foydali takliflaringizni bildirasiz, deb umid qilaman.

 

Bugun o‘z ishini boshlayotgan kinofestival samimiy uchrashuv va muloqotlar, qizg‘in bahs-munozaralar, ko‘plab yangi badiiy asarlar taqdimoti bilan barcha ishtirokchilar faoliyatida, O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojida munosib iz qoldirishiga ishonaman.

 

Siz, azizlarni XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bilan yana bir bor tabriklab, ushbu ulkan san’at bayrami unutilmas lahzalarga boy bo‘lishi, kino olamida yangi nom va iste’dodlarni kashf etib berishini tilab qolaman.

 

Barchangizga mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar, kinofestival ishiga esa muvaffaqiyatlar tilayman”, — deyiladi tabrikda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kinofestival O‘zbekiston san’ati rivojida munosib iz qoldirishiga ishonaman — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz