Namanganda Range Rover YHTga uchradi
Holat yuzasidan IIB YHXB ma’lumot berdi.

Bugun, 15-sentyabr kuni Namangan shahrida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 15:00 larda Namangan shahar “Hamroh” va J.Manguberdi ko‘chalari kesishmasida joylashgan chorrahada Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan Range Rover rusumli avtomashinaga yo‘l bermasligi oqibatida ikki avtomashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
“Natijada har ikkala transport vositasi texnik shikastlangan. Jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.








