NATO Iroqdagi faoliyatini kengaytirmoqchi
Alyans vakili mamlakat TIV bilan muzokara o‘tkazgan.

NATO Iroqdagi faoliyatini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda alyansning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari general-leytenant Jovanni Inuchchi maʼlum qildi.
Iroq TIV rahbari Fuad Husayn bilan uchrashuvda tomonlar “NATO missiyasining Iroqdagi vazifalari, jumladan, xavfsizlik kuchlarining professional tayyorgarligi, harbiy sohadagi konsultativ faoliyat masalalarini muhokama qilgan. Bu kabi vazifalarni mamlakat politsiyasi bilan ham amalga oshirish taklif qilingan.
Joriy yilning iyunida NATO va Iroq o‘rtasida ushbu davlat armiyasi askarlarini tayyorlashni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolangandi. Ammo bu hujjat tafsilotlari keltirilmagan.







