Zelenskiy Kiyevda YTHga uchradi
Prezident matbuot kotibi uning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Ichida Vladimir Zelenskiy bo‘lgan avtomobil Kiyevda YTHga uchradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sergey Nifikorov xabar qildi.
Noma’lum yengil mashina Ukraina rahbari ketayotgan avtomobilga borib urilgan. Shundan so‘ng Zelenskiy voqea joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va unda jiddiy tan jarohati aniqlanmagan. Haydovchi esa shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda yo‘l-transport hodisasi tafsilotlari o‘rganilmoqda.







