O‘zbekistonda iPhone 14 sotuvi boshlandi
Bozorga uning 40 donadan iborat kichik partiyasi keltirilgan.

Bugun Toshkentdagi “Malika” texnologiya bozorida yangi iPhone 14, iPhone 14 Pro smartfonlari sotuvi boshlandi. Bu haqda Repost.uz nashri xabar berdi.
Sotuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, bozorga taxminan 40 donadan iborat kichik partiya olib kelingan.
Ertalab qora va asosiy konfigurasiyadagi iPhone 14 Pro narxi 2200 dollargacha yetdi, tushdan keyin esa 1800 dollargacha tushdi.








