Toshkentda Laсetti bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi
Holat bo‘yicha IIBB YHXB ma’lumot berdi.

Bugun, 16-sentyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 21:40 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida 2001-yilda tug‘ilgan I.Gʻ. o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 1988-yilda tug‘ilgan K.T. boshqaruvidagi Damas rusumli transport vositasining orqa qismiga to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








