Toshkentda uyushgan jinoyatchilar qo‘lga tushdi
Ular DXX va IIBB xodimlari tomonidan tezkor tadbirda ushlangan.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 8-sentabr kuni fuqaroning mashinasini tortib olib, undan pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Z.M., Z.U. va A.K.lar fuqaro R.J. boshqaruvidagi Neksiya–3 rusumli avtomashinasini tortib olib, uni qaytarib berish evaziga tovlamachilik yo‘li bilan 6500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.
Tezkor tadbir o‘tkazish paytida Z.M., Z.U. va A.K.lar 5.000 AQSH dollarini Yunusobod tumani 10-mavzesida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








