Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Bu bo‘yicha kecha, 17-sentabr kuni Hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, Shuhrat Jo‘raboyevich Hakimov Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikasiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi mudiri etib tayinlangan.
Nodirbek Anvarjonovich Hoshimov Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Xalqaro hamkorlik masalalari shoʻbasi mudiri etib tayinlangan.
Shuningdek, Sarvar Faniyevich Ashurov Vazirlar Mahkamasining Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.








