Jahon

Mutaxassislar ko‘z ravshanligini ta’minlovchi 2 ta antioksidantni aniqlashdi

U ko‘z o‘tmaslashishi xavfini 26 foizga kamaytiradi.

Mutaxassislar ko‘z ravshanligini ta’minlovchi 2 ta antioksidantni aniqlashdi

 

 

AQSHning Betesda milliy ko‘z instituti mutaxassislari ko‘z ravshanligini ta’minlovchi ikkita antioksidantni aniqladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha taxminan 2,2 milliard kishining ko‘rish qobiliyati susaygan. Ularning katta qismini 50 yoshdan oshgan odamlar tashkil etadi. 

 

Aslida nigohlarning o‘tmaslashishi 40 yoshdan boshlanadi. Vaqt o‘tgan sari uzoq yoki yaqinni ko‘rish qobiliyati zaiflasha boradi. Keksayganda esa aksariyat kishilar gazeta-jurnal va kitoblarni ko‘zoynaksiz o‘qishga qiynalib qoladi. Ba’zilarda esa ko‘rish qobiliyati tomoman yo‘qoladi.

 

Betesda milliy ko‘z instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ushbu muammoning oldini olish yo‘li topildi.

 

Ya’ni olimlar ikkita antioksidant yordamida ko‘z ojizligi xavfini chorak foizdan ko‘proq kamaytirish mumkinligini isbotladi. Buning uchun ilgari ishlab chiqilgan mavjud ozuqaviy qo‘shimchalar formulasi o‘zgartirildi.

 

Besh yil davom etgan va 4000 nafarga yaqin kishi qatnashgan tajriba ishtirokchilaridan bir guruhi C vitamini, mis, rux va beta-karotinni o‘z ichiga olgan qo‘shimchalarni qabul qildi. Ikkinchi guruh yangi formulaga asosan tayyorlangan, ya’ni lutein va zeaksantin antioksidantlari bilan boyitilgan dorivor tarkibga ega qo‘shimchalardan foydalandi.

 

Yakunda yangi formulaga ega ozuqaviy qo‘shimcha ko‘z o‘tmaslashishi xavfini 26 foizga kamaytirishi aniqlangan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mutaxassislar ko‘z ravshanligini ta’minlovchi 2 ta antioksidantni aniqlashdi | Zamon.uz