Nensi Pelosi Yerevanga kelish sababini aytdi
AQSH delegatsiyasi Armanistonning istaklarini bilmoqchi.

AQSH Kongressi Vakillar Palatasi spikeri Nensi Pelosi Yerevanga nima maqsadda tashrif buyurganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Kongress delegatsiyasi Armaniston AQSHdan iqtisodiy va xavfsizlik masalalarida nima kutayotganini bilmoqchi.
Pelosining rasmiy tashrifi doirasida brifing tashkil etilib, mudofaa sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilgan. Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan AQSH Bokuning bosqinini to‘xtatish uchun Ozarboyjonga qarshi sanksiyalar joriy etishiga umid bildirgan.
“AQSHning har qanday yordami Armaniston uchun juda muhimdir. Bizningcha, sanksiyalar Ozarboyjonning harakatlarini to‘xtatish uchun yana bir dastak bo‘lishi mumkin”,— deydi Alen Simonyan.








